TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Buyuk Britaniya madaniyat vazirining (uning ismi Lyusi Freyzer) Parij Olimpiadasining bosh homiylariga yo‘llagan maktubidan ma’lum bo‘lishicha, vazir xonim “Rossiya va Belarus uchun sport va siyosat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq” ekanligini biladi va u “Rossiya va Belarus rejimlariga o‘zlarini tashviqot qilishi uchun sportdan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik" uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni
qilishga tayyor. Shu yerda odamning kulgisi keladi, chunki roppa-rosa 43-yil oldin Britaniya hukumatining o‘zi “sport va siyosatni chambarchas bog‘lab qo‘yib”, 1980-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida Qirolicha zoti Oliyalarining xalqiga ishtirok etishini taqiqlagan edi. London va Vashington (duetda, birga ish yuritish yaxshi bo‘layotgan bo‘lsa, tarkibni o‘zgartirishmaydi) SSSR o‘zining janubiy chegaralarini himoya qilishga qaror qilganidan va Afg‘onistonga qo‘shin yuborganidan e’tiroz bildirgan. Bu norozilik haqida butun dunyoga jar solingan edi, garchi bundan oldin inglizlarning o‘zi Afg‘onistonni o‘nlab yillar kezib yurgan, keyin esa quvib chiqarilgan edi. U yerda amerikaliklar ham qochib ketishdi, lekin keyinrok, bizning ko‘z o‘ngimizda.
Ko‘pchilik “lyusi freyzerlar”ga yoqadimi yoki yo‘qmi – Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi stadionga chiqqanda nafaqat barkamol va kuchli o‘zini, balkim o‘z millati, xalqi, madaniyati, tarixi va an’analarini, ya’ni o‘z vatanining timsollarini ham ifodalaydi.
G‘arb tushunchasidagi muttahamlik siyosatini emas.
Freyzer, to‘g‘ridan-to‘g‘ri “katta xo‘jayinlar”ga murojaat qilib nishonga urdim, deb o‘ylamoqda. “Katta xo‘jayinlar” - bu XOQ rahbariyati emas. Bular Olimpiada o‘yinlari uchun pul to‘layotganlar. Coca-Cola, Intel, Samsung, Visa kabi kompaniyalar. Ularga kompaniya logotiplari go‘zal va kuchli sportchilar fonida miltillashi juda yoqadi. “Katta xo‘jayinlar” esa, Freyzer xonim fikricha, Rossiya va Belarus sportchilarini Parij Olimpiadasida qatnashishini butunlay ta’qiqlash uchun XOQqa bosim o‘tkazishi mumkin va lozim.
Tomoshabinlar shahar bo‘ylab qanday harakatlanishi ham noma’lum, chunki metro – muammo, yer ustidagi transportda bundan ham katta muammolar bor, bosh stadion ta’mirlanish uchun yopilgan va u yerda nima sodir bo‘layotgani haqida xabar berilmayapti. Stade de France ni talabga javob beradigan holatga keltirish uchun vaqt yetadimi yoki yo‘qmi noma’lum. Tushlik tanaffuslari, uzoq muddatli ta’tillar, chalkash logistika, qimmat energiya va qurilishda ishlashga tayyor insonlar soni kamligi sababli paydo bo‘layotgan shubhalar tabiiydir.
Homiy jamoaning “katta xo‘jayinlari” fransuz ishchilarini qo‘llab-qo‘llab-quvvatlash uchun yeng shimarib ishga kirishishlari dargumon.
Zabardast ishtirokchilar qatnashadigan, ya’ni jonli efir paytida eng katta auditoriyani to‘playdigan sport turlari bo‘yicha kuchli bo‘lgan rus va belorus olimpiyachilarni ko‘p yillardan buyon bir nechta stulda o‘tirib kelayotgan XOQ albatta chaqirishni xohlaydi. Lekin inglizlar va ularning kirdikorlari bilan janjallashishni xohlamaydi. Shuning uchun, katta ehtimol bilan, XOQ homiylar jamoasidagi “katta xo‘jayinlar” qabul qiladigan qarorga bo‘ysunadi.
Ammo bu yerda endi biz uchun savol paydo bo‘ladi. Katta sportning qadriyati va asosiy g‘oyalari bo‘lgan - fidoyilik, g‘alaba qozonish istagi va ushbu yo‘lda to‘kilgan terlar va qonlar endi axlat qutisiga, balkim aynan o‘sha fransuz axlat qutisiga allaqachon uloqtirilganni va Parij kalamushlariga yem bo‘lganini ko‘rib turibmiz.
G‘alaba qozonilgan taqdirda ham na Rossiyaning bayrog‘i ko‘tariladigan, na madhiyasi yangraydigan, nima qilsak ham biz doim "qandaydir shubhali ruslar” bo‘lib ko‘rinadigan joyga borish arziydimi? Balki o‘ylab ko‘rarmiz? Balki bundan ko‘ra uyda qolgan yaxshiroqdir? Tashkilotchilar va ishtirokchilarni, ularning sevimli sport turiga aylangan – kalamush poygalarida qoldirgan holda.