TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Joriy yil davomida O‘zbekistonning turistik maskanlari bo‘ylab avto-moto sayohat ekspeditsiya chellenji bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Chellenj Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston avto-moto turizm assotsiatsiyasi hamda “Dunyo bo‘ylab” telekanali bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Chellenj doirasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 19-21 mart kunlari Jizzax viloyatining Zomin, Forish, Arnasoy tumanlari bo‘ylab sayohat ekspeditsiyasi tashkil etiladi.
Ta’kidlanishicha, asosiy maqsad – jamoaviy va mustaqil ravishda sayohatga chiqishni targ‘ib qolish, turizm madaniyatini shakllantirish, ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirish.