Xitoy AQShni Suriyadagi noqonuniy harbiy ishtirokni to‘xtatishga chaqirdi

Xitoy AQShni Suriyadagi noqonuniy harbiy hozirlik va mamlakatni talon-toroj qilishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Xitoy AQShni Suriyadagi noqonuniy harbiy ishtirok va mamlakatni talon-toroj qilishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi, dedi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin brifingda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Avvalroq AQSh Kongressi Vakillar palatasi AQSh qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani rad etgan edi. Faqatgina 103 deputat AQSh prezidenti Jo Baydenni amerikalik harbiylarni Suriyadan olib chiqishga chaqiruvchi hujjatni qo‘llab-quvvatladi , 321 nafari esa bunga qarshi chiqdi.
"Suriya inqiroziga yaqinda o‘n uch yil to‘ladi. Bu kamida 350 ming kishining o‘limiga olib keldi, yana 14 million kishi gumanitar yordamga muhtoj. Biroq, AQSh haligacha qo‘shinlarini olib chiqishga erta, deb hisoblaydi va Suriyadagi noqonuniy harbiy mavjudligini to‘xtatish niyatida emas", — dedi Mao Nin.
Uning ta’kidlashicha, "Xitoy AQShni boshqa davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini chinakam hurmat qilishga, Suriyadagi noqonuniy harbiy hozirlik va mamlakatni talon-toroj qilishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi".
Shu bilan birga, diplomat AQShni Suriyaga qarshi noqonuniy bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishga, shuningdek, sun’iy ravishda insonparvarlik falokatini yaratish vauni kuchaytirishni to‘xtatishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mao Nin AQSh razvedkasi hisobotini sharhlar ekan, AQShga boshqalarni tanqid qilishdan oldin dunyo uchun nima qilishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgandi.