TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin 1934-yil 9-martda Gjatsk viloyati Klushino qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Aleksey Ivanovich - duradgor, onasi Anna Timofeyevna – sut sog‘uvchi ayol bo‘lgan.
Gagarin kasb-hunar maktabi va sanoat texnikumida tahsil olgan, 1957-yilda Orenburgdagi harbiy aviatsiya maktabini tamomlagan va Zapolyarye hududida qiruvchi-samolyot uchuvchisi sifatida xizmat qilgan.
1960 yil 7-martda birinchi kosmonavtlar otradiga qabul qilingan va 1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin insoniyat tarixida birinchi marta koinotga parvoz amalga oshirdi.
Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni va boshqa ko‘plab mamlakatlarning orden va medallari bilan taqdirlangan. Bir necha yil davomida Gagarin 30 ga yaqin mamlakatlarga tashrif buyurgan.
1968 yil 27-martda Yuriy Gagarin MiG-15UTI halokatida fojiali tarzda vafot etgan.