Shifokorning ta’kidlashicha, kasallikdan keyin organizm, odatda, o‘zi tiklanadi. Ammo, agar bemorda oshqozon-ichak trakti kasalliklari, irsiy kasalliklar yoki surunkali stress holatida bo‘lsa, ichaklarda muammo vujudga kelish natijasida tiklanish qiyin kechishi mumkin.
Shifokor Yevstigneyeva normaga qaytishning eng samarali usullaridan biri sifatida to‘g‘ri tuzilgan menyuni misol keltirdi.
“Ovqatlanish tartibida ichaklarda muammo vujudga keltirmaydigan ovqatlargina bo‘lishi kerak. Bularga parranda go‘shti, go‘sht, baliq, dengiz va don mahsulotlari, shuningdek, termik qayta ishlangan, lekin qovurilmagan mahsulotlar kiradi”.
Uchinchi hafta menyuga biriktiruvchi to‘qimalardan tarkib topgan mahsulotlarni – sabzavot va mevalarni qo‘shish mumkin. Biriktiruvchi to‘qimalar – ichakda mavjud foydali bakteriyalarining asosiy ozuqasidir, deya qo‘shimcha qildi Yevstigneyeva.
To‘rtinchi haftada siz tanangizga yanada foydali bo‘lgan mahsulotlar va fermentlangan ovqatlarni ovqatlanish tartibingizga kiritishingiz mumkin – tuzlangan karam, kombucha choyi, kefir. Bular ko‘p miqdordagi probiyotik bakteriyalarni o‘z ichiga olgan haqiqiy "superfudlar" hisoblanadi, xulosa qildi shifokor.