Alisher Yusupov Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri chempioni bo‘ldi

Alisher Yusupov yaponiyalik Tatsuro Saitoga qarshi bahs olib bordi.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik sportchi Alisher Yusupov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Alisher Yusupov yaponiyalik Tatsuro Saitoga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli bellashuvda Yusupov ippon bahosi bilan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
+100 kg vazn toifasining final bellashuvi bilan Dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri poyoniga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, turnirda sportchilar Davlat Bobonov va Murodjon Yo‘ldoshev ham oltin medallarga ega chiqdi.