TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Turkmanistonda 8-mart munosabati bilan xotin-qizlarga 17 dollardan berilmoqda. Bu haqda Turkmaniston prezidentining tegishli farmoyishi qabul qilingan.
Turkmanistonda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan ayollarga pul sovg‘alari topshirilmoqda.
Sovg‘alarni birinchilardan bo‘lib bog‘cha tarbiyalanuvchilari oldi.
Qayd etilishicha, 6-martgacha mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan, pensiya va davlat nafaqalarini oluvchi, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi ayollar va qizlarga pul sovg‘alari beriladi.