TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari Qizil dengizning janubida joylashgan va Yaman qirg‘oqlarini yuvib turadigan Bab al-Mandeb bo‘g‘ozidagi orolda harbiy baza va havo yo‘lagi qurmoqchi, biroq Saudiya rasmiylari bunga alohida e’tiroz bildirmoqda. Bu haqda RIA Novosti “Wall Street Journal”ga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, BAA, shuningdek, Qizil dengizning janubida joylashgan Bab al-Mandeb bo‘g‘ozidagi orolda harbiy baza va havo yo‘lagi qurishga intilmoqda.
“Saudiya Arabistoni rasmiylari yopiq eshiklar ortidagi baza qurilishiga e’tiroz bildirmoqda va Amirlikni Ar-Riyodning 1300 kilometrlik chegarasini qo‘riqlash va hutiylarning dron va raketa hujumlarini to‘xtatish kabi asosiy maqsadlariga qarshi ishlayotganlar deb hisoblaydi”, deyilgan xabarda.