Fransiyaning aviakosmik poytaxtiga Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatildi — foto, video

Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti hududida buyuk astronom olim, matematik va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Fransiyaning aviakosmik poytaxti Tuluza shahriga Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatildi. "Dunyo" AA xabar berdi.
Tuluza shahrida joylashgan Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti hududida buyuk astronom olim, matematik va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi.
Mirzo Ulug‘bek haykali
Mirzo Ulug‘bekning misdan barpo etilgan haykali muallifi - samarqandlik haykaltarosh Umirzoq Sharipov. Ushbu yodgorlikning bo‘yi 240 santimetrni tashkil etadi.
Mirzo Ulug‘bek haykali
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Mirzo 1394-yil 22-mart kuni Iroqi Ajamning Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Ulug‘bek tashabbusi bilan 1424-1428 yillar mobaynida Samarqandda jahonga mashhur osmon jismlarini o‘rganuvchi eng yirik rasadxona barpo etilgan.