MDH davlatlarida mehnat migrantlari ijtimoiy himoya bilan ta’minlanadi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. MDH davlatlari ekspertlari mehnat muhojirlari va ularning oila a’zolarini tibbiy sug‘urta qilish bo‘yicha hamkorlik loyihasini kelishib olishdi. Hujjat belgilangan tartibda Ittifoqqa a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi, deya xabar berdi Hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, aksariyat mamlakatlarda ishchi kuchining ichki va tashqi harakatini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosati milliy migratsiya qonunchiligi va xalqaro shartnomalar bilan belgilanadi.
MDH platformasi doirasida mehnat muhojirlariga tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi va ular faqat favqulodda va shoshilinch tibbiy yordam muammolariga taalluqlidir.
Shu bilan birga, mehnat muhojirlari, ayniqsa, malakasizlar ko‘pincha ijtimoiy himoyasi cheklangan, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmatlardan foydalana olmasdan ishlaydi.
Bitim loyihasida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga tibbiy sug‘urta asosida mehnat migratsiyasining butun sikli davomida tibbiy yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan.
Mazkur hujjat O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya vakillari tomonidan ko‘rib chiqilgan va maqullangan.