“Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni o‘tkaziladi

Marafon soat 8:00 da respublikaning viloyat markazlari va Toshkent shahrining "Humo Arena" muz saroyi binosi oldida start oladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Joriy yil 5-mart kuni respublika miqyosida “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, marafon huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelish sabablarini aniqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar doirasida o‘tkaziladi.
Velo va piyoda yurish marafonining asosiy shiori – “Xavfsiz hayot uchun”.
Qayd etilishicha, marafonda ishtirokchilarga nur qaytargichli jiletlar va xavfsiz hayotga chaqiruvchi shiorli plakatlar tarqatiladi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun konsert dasturi rejalashtirilgan. Unda marafon faollariga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.
Marafon soat 8:00 da respublikaning viloyat markazlarida va Toshkent shahrining "Humo Arena" muz saroyi binosi oldida start oladi.