Kuygan ovqatni ko‘p iste’mol qilish saratonga chalinish xavfini oshiradi va tez qarishga olib keladi, deydi parhezshunos Yelena Solomatina.
“Kuygan ovqat –saratonni keltirib chiqaruvchi omil. Tutun chiqqanda, poliaroma uglevodorodlari ajralib chiqadi. Bu ham saratonni qo‘zg‘atuvchi va hujayralarimizni zararlantiruvchi omil”, - deydi u.
Qovurish paytida uglevodlar oqsil bilan birlashadi va metabolizm jarayonida yuzaga keladigan zararli bog‘lanishlarni hosil qiladi. Bu ajinlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
“Bu ajinlar nafaqat yuzda, balki ichki a’zolar, tomirlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Ya’ni, bu bilan organizmning qarish jarayoni boshlanadi”, - deydi mutaxassis