O‘zbekistondagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi muzeyga aylantirildi – foto

Muzeyda ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilgan, hozirda 90 yoshni qarshilagan, Sabriddin Nosirovga tegishli tarixiy ashyolardan iborat eksponatlar jamlangan.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston tarixidagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi muzeyga aylantirildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida sobiq "qishloq militsiya tayanch punkti" bo‘lgan bino o‘rnida muzey tashkil etildi.
Toshkent viloyatida yangi muzey ochildi
Muzeyda ichki ishlar organlari tizimida fidoiy xizmat qilgan, hozirda 90 yoshni qarshilagan, Sabriddin Nosirovga tegishli tarixiy ashyolardan iborat eksponatlar jamlangan.
Toshkent viloyatida yangi muzey ochildi
Nosirov 1933-yilda tavallud topgan. U sohaga bo‘lgan qiziqishi sababli, dastlab yollanma ishchi bo‘lib xizmatga kiradi. Shu davrda Militsiya maktabini sirtdan tamomlagach, sobiq sovet davlatida ochilgan, birinchi qishloq militsiya tayanch punkti noziri etib tayinlangan.
Toshkent viloyatida yangi muzey ochildi
Muzey binosi 1962-yilda qurilib, avvaliga tikuv sexi, so‘ngra pochta bo‘limi sifatida foydalanib kelingan.
Toshkent viloyatida yangi muzey ochildi
1971 yildan esa, O‘zbekiston tarixidagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi sifatida ishga tushirilgan.
Toshkent viloyatida yangi muzey ochildi
Shundan so‘ng bu yerga, sobiq sovet davlatining Ichki ishlar vaziri, general-polkovnik N.Sholokov hamda dunyoning 11 ta mamlakatlaridan davlat rahbarlari va oliy martabali mehmonlari tashrif buyurgan.
Toshkent viloyatida yangi muzey ochildi