Toshkentda professional aktorlarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda – Alona Xmelniskaya

Rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya BDKI Toshkent filiali talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
Sputnik
Tashkent, 23 fev — Sputnik. Toshkentda professional aktorlarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda. Bu haqda rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida o‘tkazgan mahorat darsi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) Toshkent filialida o‘zbekistonlik talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
Alona Xmelniskaya
Mahorat darsi davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
Aktorlik mahorati;
Kinokadrda hissiyot bilan ishlash, mimika, ijro uslublari;
K.Stanislavskiy maktabi, teatr va kino strukturalari;
Teleboshlovchilik sirlari;
Imidj;
Televideniyeda yangi ko‘rsatuvlar va shou-dasturlar.
Alona Xmelniskaya
“Toshkentda professional aktorlarning yangi avlodi yetishib chiqayotganidan xursandman. Ustoz Rustam Sagdullayev bilan uchrashuv ham men uchun kutilmagan va o‘ziga xos tarzda bo‘ldi. Aktorning shogirdlari ham menda katta taassurot qoldirishdi”, dedi aktrisa.
Filial direktori Eldar Yuldashevning so‘zlariga ko‘ra, filialda professional mutaxassislar va ijodkorlarning mahorat darslari muntazam ravshida o‘tkazib kelinmoqda.
Talabalar uchun rossiyalik produser va aktor Vasiliy Solovyov ishtirokidagi mahorat darsi ham rejalashtirilgan.
“Talabalar mazkur jarayonlarda har tomonlama bilim va ko‘nikma to‘playdilar, shu bilan bir qatorda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha mahoratli ijodkor bilan yaqindan suhbatlasha olishadi”, deydi Eldar Yuldashev.
Alona Xmelniskaya
Ma’lumot uchun, Alona Xmelniskaya – rossiyalik taniqli boshlovchi, professional teatr va kino aktrisasi. Ijodiy faoliyati davomida 80 dan ortiq rollarni ijro etgan. “Rossiya-1”, “Perviy kanal” kabi rus telekanallarida turli ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilgan.