TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Turkiya va Suriyadagi zilziladan oldin osmonda moviy chaqnash sezilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ma’lum qilishicha, dushanba oqshomida Turkiya-Suriya chegarasida sodir bo‘lgan zilzila oldidan osmonda moviy chaqnash sodir bo‘lgan. Ular moviy chaqnash aks etgan surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashgan.
Videoda moviy rangli porlash, keyin esa yer silkinishini ko‘rish mumkin. Qayd etilishicha, bu hodisani Suriyaning Latakiya va Turkiyaning chegaradosh viloyatlari aholisi kuzatgan.
Damashq universiteti qoshidagi Oliy seysmik tadqiqotlar instituti direktori Hala Hasanning aytishicha, bu ko‘k yorug‘lik uchun hech qanday izoh yo‘q, biroq yer silkinishidan oldin atmosferaning elektr va magnit maydonlarida o‘zgarish bo‘lgan.