TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Fevral oyiybyu oxiriga qadar Xitoy Ukrainadagi mojaroni siyosiy yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z pozitsiyasi aks etgan hujjat taqdim etadi.
Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I Munxen xavfsizlik konferensiyasida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Xitoy nuqtayi-nazari aks etgan hujjatida hududiy yaxlitlik va suverenitetni hurmat qilish, BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga rioya qilish, qonuniy xavfsizlik xavotirlarini jiddiy qabul qilish va inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etiladi.
Shuningdek, hujjatda Xitoy yadro urushlari orqali g‘alaba qozonib bo‘lmasligi haqidagi tezisni yana bir bor takrorlaydi va yadroviy falokatning oldini olish maqsadida atom elektr stansiyalari va atom inshootlariga hujumlarga qarshi turishga chaqiradi.
"Biz har qanday sharoitda ham kimoviy va biologik qurollardan foydalanishga qarshi turishimiz kerak. Tinchlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz davom etadi", - deya qo‘shimcha qildi TIV rahbari.
Ma’lumot uchun, Moskva Ukraina mojarosining birinchi kunidan boshlab muzokaralarga tayyor ekanini va Kiyevga mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilishni taklif qilgan edi. Biroq Ukraina rahbariyati, xususan prezidnt Zelenskiy o‘z farmoni bilan har qanday muzokaralar o‘tkazishni ta’qiqlab qo‘ydi. Ustiga ustak Zelenskiy o‘tgan yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida “Minsk-3 bo‘lmaydi” degan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya uzoq yillar davomida Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina rahbariyati imzo chekkan Minsk shartnomalari Ukrainada tinchlik o‘rnatishga, Donbass aholisi genotsidini to‘xtatishga olib keladi deb umid qilib kelgan edi. Afsuski bu amalga oshmadi, Ukraina DXR va LXR hdudidni o‘qqa tutishda davom etdi. Ustiga ustak, Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel "Minsk shartnomalari aslida Kiyevni qurollantirish maqsadida vaqt yutish uchun" imzonlangani tan oldi.