TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Suriyadagi rossiyalik harbiylar Aleppo shahridagi shifoxonalarga 2,5 tonnadan ortiq dori-darmonlar yetkazib berishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Suriya Arab Respublikasidagi Rossiya qo‘shinlari guruhining harbiy xizmatchilari Aleppo shahridagi kasalxonalarga yordam berish uchun 2,5 tonnadan ortiq dori-darmonlarni xayriya qildi.
"Tibbiy yordamga antiseptiklar va dezinfeksiyalash vositalari, gormonal preparatlar, qon quyish sistemasi, antibiotiklar, isitma tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi vositalar, shuningdek, boshqa ko‘plab dorilar kiradi”, deyiladi xabarda.
Rossiya harbiylari Aleppoga 2,5 tonna dori yetkazib berdi
© Rossiya Mudofaa vazirligi
Yordam asosan Suriya harbiy gospitali va Davlat universiteti gospitaliga yetkazilgan, u yerda zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolar davolanmoqda.
Rossiya guruhining Suriyadagi tibbiy xizmati boshlig‘i Aleksandr Liseyenkoning so‘zlariga ko‘ra, gumanitar yordam Suriya tomoniga zilziladan jabr ko‘rgan barcha shaharlarga yetkazilmoqda.
“Rossiyalik birodarlarimizga katta rahmat aytmoqchiman. Men rus xalqini yaxshi bilaman.Sizga katta raxmat! Biz buni hech qachon unutmaymiz!” - dedi Davlat universiteti kasalxonasi direktori, doktor Nadim Zahluk.