TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Ertaga Toshkentda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Ertaga poytaxtda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan turnir sababli qator ko‘chalar soat 07:00 dan soat 09:30 gacha yopiladi.
Yopiladigan ko‘chalar
© Toshkent shahar hokimligi
Yopiladigan ko‘chalar:
Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldi maydonidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Beshog‘och ko‘chasi kesishgan joyigacha;
Beshog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha.
Shuningdek, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldi maydonigacha bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillarning harakatlanishiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatiladi.