TOShKENT, 17 fev - Sputnik. 1943 yilning 17-fevralida Elbrusning sharqiy cho‘qqisiga Sovet Ittifoqi bayrog‘i o‘rnatilgan edi. Bundan biroz oldin, 13-fevral kuni Qizil Armiya askarlari g‘arbiy cho‘qqidan Uchinchi reyx va Vermaxtning “Edelveys” diviziyasi shtandartlarini olib tashlagan edi.
Dushman bayroqlari Edelveys cho‘qqisiga 1942-yilning 21-avgustida o‘rnatilgan edi.
Sovet Ittifoqi Qo‘mondonligi Elbrus cho‘qqisidan gitlerchilar bayroqlarini olib tashlash uchun tajribali alpinistlar Aleksandr Gusev va Nikolay Gusak boshchiligida 20 kishilik guruh jo‘natdi. Guruh tarkibida yagona razvedkachi ayol Lyubov Korotayeva ham bor edi.