Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Sizga tinchlik emas, Ukrainaning bir qismi kerak - Lukashenko g‘arblik jurnalistlarga

Lukashenko g‘arblik jurnalistlarga NATO davlatlari aslida Ukrainada tinchlik o‘rnatishni emas, Polsha yordamida uning bir qismini egallab olishni istayotganini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko NATO Ukrainada tinchlik istamayotganini, aksincha ular ushbu davlatning bir qismini egallab olmoqchi bo‘layotganini aytdi.
"Sizlar polyaklarning qo‘li bilan G‘arbiy Ukrainani tortib olmoqchisizlar. Lekin buning uchun qattiq jang bo‘ladi. Men sizlarni ogohlantirib qo‘ymoqchiman, sizlar o‘ta surbet aqldan ozgan ko‘rinasizlar.
O‘shanda ko‘ramiz siz aslida Ukrainadan nima xoxlashingizni. Sizga Ukrainada tinchlik kerakmi, keling ertadan boshlab shu haqida gapirishni boshlaymiz. To‘plar otishdan to‘xtaydi. Lekin sizga bu kerak emas", - dedi Belarus yetakchisi jurnalistlarga.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.