Bu qiziq

Mutaxassis miya uchun foydali mahsulotlarni sanab o‘tdi

Parhezshunos Solomatinaning aytishicha, antioksidantlar miya faoliyatini yaxshilaydi
Sputnik
TOShKENT, 15 fev – Sputnik V guruhi vitaminlari, antioksidantlar va omega-3 yog‘li kislotalari miya faoliyatini yaxshilaydi, deydi parhezshunos Yelena Solomatina.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, omega-3 miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qilish xususiyatiga ega.
“U insonning to‘laqonli faoliyati uchun zarur bo‘lgan nerv impulsini himoya qiladi. Shuningdek, omega -3 yog‘li kislotalari yallig‘lanishlarni bartaraf etib, qonni suyuqlashtiradi. Aterosklerotik toshmalar va yuqori yoki past tezlik bilan qonning tomirlar orqali o‘tishiga yordam beradi va qon tromblari paydo bo‘lishini oldini oladi”, - deydi u.
Shifokorning aytishicha, to‘yingan yog‘li kislotalar yog‘li baliq, grek yong‘og‘i va zig‘ir yog‘ida ko‘p uchraydi. V12 vitamini ham miya faoliyati uchun muhim. U asosan hayvon mahsulotlari- go‘shtda uchraydi. Antioksidantlar bilan organizmni to‘yintirish uchun qorag‘at, anor iste’mol qilish lozim.
Shuningdek, shifokor kletchatkaning ahamiyati haqida to‘xtalgan. Kletchatka barcha sabzavotlarda bor. Biroq shifokor bu borada sarimsoq haqida alohida ta’kidladi.
“Sarimsoq aspirin bilan birgalikda yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Qon aylanishini yaxshilaydi va trombotsitlarga tromb holatiga o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, tomirlarda yallig‘lanishni kamaytiradi”, - deydi mutaxassis.