TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rim papasi Fransisk Vladimir Putin bilan Yevropadagi Rossiya va G‘arb qarama-qarshiligini tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini muhokama qilmoqchi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Rim papasida Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshilikni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha taklif rejasi bor va u Rossiya rahbariyati bilan muzokaralar olib borish istagini, Moskvaga kelishga tayyorligini tasdiqladi”, — dedi Butunjahon eski imonlilar ittifoqi raisi Leonid Sevastanov RIA Novosti agentligiga.
U, shuningdek, pontifikning maktubidan bir parcha keltirdi: “Men Moskvaga borib, Putin bilan Yevropada tinch yo‘l bilan tartibga solish rejasi haqida gaplashmoqchiman”.