Dubaydan Dushanbega uchayotgan samolyot Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Samolyot yo‘lovchilari bilan 16-fevral kuni Samarqand — Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Dubaydan Dushanbega uchayotgan samolyot Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
"Flydubai FZ793" reysi qalin tumanda ko‘rishning yomonlashuvi tufayli Dushanbe aeroportiga qo‘na olmadi va Samarqand xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Bortida 141 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 03:01da Samarqand aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchilar va ekipaj mehmonxonaga joylashtirilgan.
Samolyot yo‘lovchilari bilan 16-fevral kuni Samarqand — Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilishi rejalashtirilgan.