Bir vaqtning o‘zida va bunga parallel ravishda UQK ga donor mamlakatlarning aloqa guruhlari Brusselda to‘qqizinchi bor yig‘ildi. “Ramshtayn-9”formati 40 dan ortiq davlat tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, vakillar Ukrainaga turli xil qurollarni yetkazib berishni muhokama qilmoqda. Zirhli transport vositalari ustuvor hisoblanmoqda (avvalroq sakkizta mamlakat tanklar va’da qilgan edi), ammo zarba beruvchi samolyotlarni yetkazib berish hozircha qog‘ozda qolmoqda.
Oq uy Kiyevga yana 10 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet yordamini tasdiqlash uchun Kongress bilan birgalikda harakat qilmoqda. Shunga qaramay, Vashington qo‘g‘irchoq Kiyev rejimini qurollar yetkazib berishning keyingi ishlariga ta’sir qiladigan “urushdagi xavfli vaziyat” haqida ogohlantirib qo‘ydi.
Arvoh ortidan quvish
Oddiy misol. Sakkizta mamlakat (Germaniya, Polsha, Kanada, Portugaliya, Ispaniya, Norvegiya, Daniya va Niderlandiya) konsorsiumi UQKga turli modifikatsiyadagi ikki-uch yuzta Leopard tanklarini yetkazib berish majburiyatini oldi. Bundan tashqari, AQSh, Polsha, Chexiya va Gollandiya 90 tagacha T-72 tanklarini yuboradi. Rossiya qo‘shinlari UQKning 7859 ta tank va boshqa zirhli texnikasi, 4090 dan ortiq artilleriya qurollari, 3120 ta uchuvchisiz uchish apparati, 1010 ta zalp olovli reaktiv tizimlari o‘rnatmalari, 590 ta samolyot va vertolotlar, 400 ta zenit-raketa tizimlarini yo‘q qilgan. Yordamga kelgan texnika nima bo‘lishi ma’lum.
Varshava nemis mashinalariga ehtiyot jismlarining yetishmovchiligidan shikoyat qilmoqda, bu esa Leopardlarning Kiyev rejimiga tezroq yetkazib berishni sekinlashtiradi. Germaniya UQK tank ekipajlarining tez tayyorlashni va’da qilmayapti. Avstriya neytral maqomiga ta’sir qilmasligi uchun shunchaki o‘quv jarayonidan voz kechdi. Ispaniya, Kanada, Shvetsiya va Finlyandiyaning qurol yetkazib berish majburiyatlari ancha noaniq. Aftidan, “donor”larda rozilik yo‘q.
Financial Times nashrining Vashingtondagi manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh “urush cho‘zilgan taqdirda” Ukrainaga F-16 samolyotlarini yetkazib berishi mumkin, deb yozmoqda. Lekin UQK mutaxassislarini qayta tayyorlash va o‘qitish uchun ko‘p oylar, hatto yillar kerak bo‘ladi. NATO uchuvchilari, texniklari va aerodromlaridan foydalanish ham istisno etilmaydi. Har ehtimolga qarshi, Amerikaning F-16 samolyotlari Rossiyaning og‘ir qiruvchi samolyotlari Su-35S va Su-30SM bilan shunchaki mag‘lub bo‘ladi.