TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Agar Artyomovskdagi Ukraina qurolli kuchlari askarlari qurshab olinsa yoki og‘ir yo‘qotishlarga uchrasa, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga bo‘lgan ishonch pasayishi mumkin. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.
“Shahar uchun kurash Kiyevga qimmatga tushmoqda; bu prezident ma’muriyatiga nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ishonchni pasaytirishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Shaharning Rossiya nazorati ostiga o‘tishi harbiy amaliyotlar chog‘ida Moskvaga yangi turtki beradi, deya xulosa qiladi maqola muallifi.
Artyomovsk DXRning Kiyev nazorati ostidagi qismi. Bu Donbassdagi ukrain guruhlarini ta’minlash uchun muhim transport yo‘li, u orqali avtomobil va temir yo‘llari o‘tgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.