TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Rossiya harbiy xizmatchilari zilziladan jabr ko‘rgan Suriyaga 20 tonnadan ziyod insonparvarlik yordami yetkazib berishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yuk ortilgan birinchi samolyot Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga borib qo‘ngan.
Ta’kidlanishicha, Rossiya Suriyaga oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, un, makaron, kungaboqar yog‘i, choy, qahva va hokazo) va issiq kiyim-kechak jo‘natgan.
6 fevral kuni Suriyaning Halab, Latakiya, Xama va Tartus viloyatlari kuchli zilziladan jiddiy zarar ko‘rdi. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 1 347 ming kishiga yetgan, 2,2 mingdan ziyod kishi jarohatlangan.