Germaniya mudofaa vaziri 7-fevral kuni Kiyevga zaxiradan 178 ta "Leopard-1A5" tanklarini yetkazib berilishini ma’lum qildi. Berlinda ushbu tanklar Ukrainada tezda yonib kul bo‘lishini yaxshi bilishadi. Shu sababli alohida tank batalonining zamonaviy modellari Ukrainaga yuborish maqsadga muvofiq emaslini anglashadi (aksilreklama). Ukraina tankchilari tug‘ilmasidan paydo bo‘lgan “Leopardlar”ni jo‘natsa bo‘laveradi. Shubhasiz, ushbu osori-atiqa tanklar Sloveniya tomonidan berilgan T-54/55 tanklari bilan birgalikda Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida jangovar layoqatsizligi ma’lum bo‘ladi.
1986 yilda ishlab chiqarilgan "Leopard-1A5" modifikatsiyasi jangovar xususiyatlariga ko‘ra 1965-yildan avvalgi namunadan ustun emas va faqat aloqa jihozlari, nishonga olgich va model zirhli himoyasi bilan ajralib turadi. Yuqori intensivlikdagi harbiy harakatlarda hech qachon qatnashmagan. Uning Sovet ittifoqi davrida yaratilgan T-62 yoki T-64 kabi “tengdoshlari” bilan to‘qnashuvi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. "Leopard-1"ning eski 105 mmlik to‘pi xususiyatlari ham maqtovli emas, 105mm snaradlarning zaxirasi esa G‘arbda yo‘q. Daniya va Niderlandiyaning qo‘shimcha urinishlari hech nimani o‘zgartirmaydi. "Military Watch" nashri shunday xulosa qilmoqda: “1960 yillarda ishlab chiqilgan Leopardlar Ukrainadagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi”.
NATO “asrlik sinovlar”ga tayyorlanmoqda
Umumiy soni 194 ming nafar harbiy bo‘lgan Britaniya Qurolli kuchlari NATO ishtiroki bilan bo‘ladigan mojaro holatida ham yetarli darajada jihozlangan bo‘linmalar va o‘q-dorilarga ega emas. "Sky News" telekanali xabar qiladi: 25-30 “shtikli” Britaniya diviziyasini yaratish uchun Londonga 10-yil kerak, bugungi kunda esa Britaniya harbiylarining 10 ming nafarigina jangga tayyor. Ushbu “instruktorlar” bir yil ichida Rossiyaga qarshi urush uchun 20-30 ming UQK askarlarini qanday tayyorlamoqchi?
G‘arb Germaniya, Britaniya, Amerika tanklari va samolyotlari UQK infratuzilmalariga (bazalar va aerodromlarga), logistika, taktikalariga to‘g‘ri kelmasligi va yangi muammolar yaratishini anglab bormoqda. "The American Greatness" nashri shunday yozadi: “Ukraina mag‘lubiyat yoqasida turibdi, hech qanday mo‘’jizaviy qurol UQKni qutqara olmaydi, Kiyev rejimi mag‘lubiyatga mahkum. Rossiya Ukraina kuchlarini ishonch bilan qurshab bormoqda. Rossiya butun G‘arbga qaragandan ko‘proq qurollar va o‘q-dori ishlab chiqarishi mumkin”. Rossiya mudofaa sanoati yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar va (tankka qarshi) artilleriya “Krasnopol” snaradlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda.