"Mayo Clinic" klinikasi shifokorlari ichimliklarga oid beshta zararli odatni ma’lum qildi. Bu ichimliklarni iste’mol qilmaslik teri, suyaklarga ijobiy ta’sir qilib, organizmning tez qarishini oldini oladi.
Gazli ichimliklar
Gazli ichimliklar tez semirishga olib keladi. Shuningdek, “yomon” xolesterin ko‘payishiga olib keladi. Bularning bari yig‘ilib, yurak-qon tomir va autoimmun kasalliklarining ko‘payishiga olib keladi.
Sharbat
Ko‘pchilik sharbatni foydali deb o‘ylaydi. Biroq sharbat tarkibida ham shakar ko‘p. Shakar esa qarish jarayonini tezlashtiradi.
Yetarli miqdorda suv ichmaslik
Suv to‘qimalar uchun qurilish materillarini yetkazib beradi, metabolizmni yaxshilaydi. Shu sababli uni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
Spirtli ichimliklar
Spirtli ichimliklar saraton kasalligi rivojlanishini oshiradi. Shuningdek, diabet va qon bosimini oshiradi. Bu omillar esa inson umrini uzaytirmasligi aniq.
Parhez ichimliklar
Parhez ichimlik har doim foydali ichimlik degani emas. Uning tarkibidagi shakar o‘rnini bosuvchi moddalar ishtaha ochadi, ko‘proq ovqat iste’mol qilishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, u hazm qilish, immun tizimi va teri salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.