O‘zbekiston hunarmadchiligi va “Lazgi” raqsi Hindistonda namoyish etilmoqda - foto

Hindistonning Xarana shtatida “Surajkund International Crafts Mela " 36-Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston turizm va hunarmandchilik salohiyati Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro festivalda namoyish etilmoqda. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Hindistonning Xarana shtatida “Surajkund International Crafts Mela " 36-Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda.
“Surajkund International Crafts Mela " 36-Xalqaro hunarmandchilik festivali
Mazkur festivalda hunarmand, qo‘shiqchi va sozandalardan tashkil topgan O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatning turizm salohiyati, boy hunarmandchiligi va madaniyatini targ‘ib qilmoqda.
“Surajkund International Crafts Mela " 36-Xalqaro hunarmandchilik festivali
O‘zbekiston pavilonida milliy hunarmadchilik mahsulotlariga mahalliy va xorijlik sayyohlar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi raqqosalari ijrosidagi “Lazgi” ashula va raqs ansambli ham ishtirok etmoqda.
1 / 2
2 / 2
Festival tashkilotchilarining qayd etishicha, ishtirokchilar uchun yana boshqa ko‘plab tadbirlar tayyorlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra tuyalar poygasi, raqs festivali, salla o‘rash musobaqalarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, festivalda har yili Hindistonning barcha mintaqalari va dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari vakillari, shuningdek, 1,5 milliondan ortiq sayyohlar va mahalliy fuqarolar ishtirok etadi.
Mazkur tadbir hunarmandchilik sohasidagi dunyodagi eng yirik festival-yarmarkalardan biri sanaladi. U 1981-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Festival 20-fevralga qadar davom etadi.
“Surajkund International Crafts Mela " 36-Xalqaro hunarmandchilik festivali