Turkiya va Suriyada kuchli zilziladan keyin qutqaruv ishlari qanday olib borilmoqda - foto

Turkiya va Suriyada bo‘lib o‘tgan zilziladan so‘ng turli mamlakatlardan kelgan minglab insonlar vayronalarni tozalash va omon qolganlarni izlashda ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etishmoqda. Vayron bo‘lgan joylardan dahshatli va og‘riqli fotosuratlar bizning fototasmamizda.
Sputnik
1 / 12

Erkak Turkiyaning Adana shahrida vayron bo‘lgan binoda odamlarni qidirmoqda. 2023-yil, 6-fevral.

2 / 12

Turkiyaning Diyorbakir shahrida 6-fevralda yuz bergan zilzila natijasida vayron bo‘lgan bino.

3 / 12

Yosh ayol Turkiyaning Gaziantep shahrida vayron bo‘lgan binodan chiqindini tozalamoqda.

4 / 12

Suriyaning shimoli-g‘arbidagi, Turkiya bilan chegaradosh Idlib viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida qulagan binolar vayronalari orasidan omon qolganlar qidirilmoqda.

5 / 12

Qutqaruvchilar 7-fevralda mamlakat janubi-sharqida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilziladan keyin Turkiyaning Qahramanmaras shahrida qulagan binolar vayronalari orasidan omon qolganlarni qidirmoqda.

6 / 12

Qush parvozi balandligidan olingan tasvir. Suriyaning shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatining Turkiya bilan chegaradosh Harim shahri yaqinidagi Besniya qishlog‘i.

7 / 12

Qutqaruvchilar 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilziladan keyin Adanada qulagan binolar vayronalari ostidan omon qolganlarni qidirmoqda.

8 / 12

Qutqaruvchilar Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatidagi Sarmada shahrida 6-fevral tongda qulagan binolar vayronalari ostidan odamlarni qidirmoqda.

9 / 12

Suriya fuqarolik mudofaasi va xavfsizlik kuchlari 6-fevral kuni Suriyaning Aleppo shahrida qulagan binolar vayronalarini qidirmoqda.

10 / 12

Qutqaruvchilar va mahalliy aholi Turkiya chegarasi yaqinidagi Haram shahrida qulagan binolar vayronalarini tozalashmoqda. Suriya, Idlib viloyati.

11 / 12

Favqulodda yordam ekipajlari Turkiyaning Gaziantep shahrida qulagan bino vayronalari ostidagi odamlarni qidirmoqda.

12 / 12

Ayol odamlarni qidirishda qulagan bino vayronalarini tozalamoqda. Turkiya, Gaziantep.