O‘zbekistonliklar Turkiya elchixonasiga kelib, hamdardlik bildirmoqda - video

Bugun erta tongdan o‘zbekistonliklar Turkiya elchixonasiga hamdardlik bildirgani kelishmqoda. Batafsil Sputnik videolavhasida.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida hamdardlik kitobi ochildi. O‘zbekistonliklar u yerda qardosh xalqning og‘ir kunlarida o‘z hamdardligini bildirish uchun kelishmoqda.
Undan tashqari, ertalabdan buyon elchixona devori yoniga mahalliy aholi gullar olib kelmoqda. Diplomatik vakolatxonada davlat bayrog‘i yarmigacha tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-fevral kuni Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatida 3549 kishi halok bo‘ldi, 22168 kishi jarohatlandi, 5 mingdan ortiq binolar vayron bo‘ldi. Turkiya prezidenti Tayyip Erdo‘g‘an aytishiga ko‘ra, bu mamlakatda 1939-yildan buyon sodir bo‘lgan eng katta tabiiy ofat bo‘lgan.