TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Suriyalik qutqaruvchilar Aleppo shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng vayronalar ostidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi, biroq uning onasi vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti El Balad Suriya axborot portaliga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayol Djenderes qishlog‘ida yer silkinishi natijasida qulagan bino vayronalari ostida qolib, farzandini dunyoga keltirgan. Biroq uning o‘zi omon qolmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda qutqaruvchi shosha-pisha qo‘lida vayronalar ostidan olib chiqqan chaqaloqni ko‘tarib ketayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq qutqarib qolingan va u kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Turkiyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Mamlakatning kamida to‘rt viloyatida, shuningdek, Suriya shimolida binolarning qulashi qayd etilgan. Turkiyada kuchli zilzilalar tufayli eng yuqori darajadagi ogohlantirish e’lon qilingan.