Rossiya Turkiya va Suriyaga qanday yordam bermoqda?

An’anaga ko‘ra, Rossiya tabiiy ofat yoki terrorchilik hujumlaridan jabr ko‘rgan qo‘shni davlatlarga birinchi bo‘lib yordam qo‘lini cho‘zadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Suriya va Turkiyadagi vayronkor va dahshatli zilzilalardan keyin Rossiya Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari qurbonlarni qutqarish, vayronalardan tozalash va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida otlandi – do‘stlar sinovda bilinadi.
Suriya va Turkiyada 6-fevral kuni 7,7 balli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu 100-yil ichida ilk bor sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila 5000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.
Minglab odamlar hamon vayronalar ostida qolishmoqda. Tabiiy ofatdan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya va Turkiya yetakchilari Bashar Asad va Rajab Toyyib Erdog‘anga zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishni taklif qildi. Yordam minnatdorchilik bilan qabul qilindi – RF Mudofaa vazirligi harbiylari, 100 dan ortiq mutaxassislar va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining aeromobil kasalxonasi tabiiy ofat zonasida ishga kirishdi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu zudlik bilan Rossiya qo‘shinlariga Suriya Arab Respublikasining jabrlangan aholisiga yordam berishni buyurdi. Harakatlarni muvofiqlashtirish uchun Xmeymim aviabazasida qo‘shma tezkor shtab, mobil tibbiy guruh va donorlik qonini qabul qilish uchun to‘rtta punkt joylashtirildi. Vayronalarni tozalash va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 10 ta birlashtirilgan otrad tuzildi, 300 dan ortiq harbiy xizmatchi, 60 ta harbiy va maxsus texnika jalb qilindi.
Birlashtirilgan otradlar bir vaqtning o‘zida bir nechta aholi punktlarini vayronalardan tozalamoqda va har bir joyda maxsus tibbiy otrad brigadalari navbatchiligi tashkil etilgan. Bundan tashqari, Aleppo, Xama, Latakiya, Jable, Stamu va Bustan el-Basheda jabrlanganlarga gumanitar yordam (mahsulotlar) berish uchun oltita punkt mavjud.
Zilzila Xmeymim aviabazasiga, Tartusdagi harbiy-dengiz kuchlarining logistika markaziga (PMTO) va Rossiyaning Suriyadagi qo‘shinlari (kuchlari) guruhining boshqa obyektlariga ta’sir ko‘rsatmagan. Rossiya Federatsiyasining Suriya zaminidagi qutqaruv va gumanitar missiyasi 49-yilga ijaraga olingan Xmeymim va Tartus harbiy bazalarining rivojlangan infratuzilmasiga tayanadi.
Rossiyaning tabiiy ofat fonida tezkor va samarali harakatlari G‘arbda Ukrainadagi operatsiyalar teatrida Moskvaning barcha kuchlari va vositalarining haddan tashqari zo‘riqishi yoki charchaganligi haqidagi dezinformatsiyani ishonchli tarzda rad etadi.

Qutqaruv operatsiyalari ko‘lami

Turkiyaning janubi-sharqida bir kunda 7,7 dan 5,3 gacha bo‘lgan magnitudali uchta zilzila sodir bo‘ldi, o‘nta viloyatda 13,5 millionga yaqin odam jabrlandi, 5775 ta bino butunlay vayron bo‘ldi. Zilzila magnitudasi 7,9 ballga yetganda, 1939-yildan beri eng yirik zilzila deya ataldi, qurbonlar soni 3 ming kishidan oshgan. Vayronalarni tozalashda 16 ming nafar kishi ishtirok etmoqda. 7-fevral tonggida vayronalar ostidan 7800 nafar kishi qutqarildi. 338 mingdan ortiq tabiiy ofat qurbonlari (uysizlar) boshpana, yotoqxona va universitetlarga vaqtinchalik joylashtirildi. Turkiya hukumati “to‘rtinchi darajali ogohlantirish” e’lon qildi, ya’ni vaziyat xalqaro yordamni talab qilmoqda. Yevroittifoq, Buyuk Britaniya va AQSh mumkin bo‘lgan barcha yordamni va’da qildi.
Xavfli zilzilar Suriya, Livan, Isroil, Iroq, Gruziya va Kiprda ham sezildi. Qariyb 45 mamlakat Turkiyaga yordam taklif qildi. Biroq, Latakiya, Xama, Halab va Tartus viloyatlari eng ko‘p zarar ko‘rgan Suriyaga yordam va’da qilganlar kam. Washington Post gazetasining qayd etishicha, “fuqarolar urushi tufayli Bashar Asad hukumati bilan diplomatik taranglik” Suriyaga chet el yordamini yetkazishni murakkablashtiradi. Rossiyalik qutqaruvchilarning tabiiy ofat hududidagi yordam harakatlari an’anaga ko‘ra G‘arb OAV da tilga olinmaydi, shunga qaramay Amerikaning “Newsweek” jurnali shunday yozmoqda: “Rossiya, Eron va arab davlatlari zilziladan jabr ko‘rgan Suriyaga yordam berayotgan bir paytda, AQSh Asad bilan muzokaralar olib bormaslikka va’da bermoqda”.
Eslatib o‘tish joiz, Vashington Damashq bilan aloqalarini uzgan va faqat SAR shimoli-sharqidagi (xuddi shu yerda Suriya neftining o‘g‘irlanishini yashirib turadigan amerikalik harbiylar bor) “avtonom hukumat” nomi bilan tanilgan “Suriya demokratik kuchlari” kurd guruhi bilan o‘zaro aloqada.
Ayni paytda Rossiya talabiga binoan Isroilning “dushman davlat” Suriyaga misli ko‘rilmagan yordami haqida ma’lum bo‘ldi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu tibbiy asbob-uskunalar va shoshilinch tibbiy yordam uchun mamlakat shimolidagi Isroil kasalxonalariga kirishni taklif qildi.
Kuchli zilziladan havoning keskin sovushi va bo‘ron kuzatilishi kutilmoqda. Moskva davlat universitetining fizika fakulteti mutaxassislari ogohlantirishicha, tektonik plitalarning aloqa zonasida keyingi silkinishlari olti oydan ortiq davom etishi mumkin. Turkiya va Suriyadagi ofatlar fonida sharqshunoslar “ko‘p zilzilalar bo‘lmagunicha kelmaydigan” (al-Buxoriy) qiyomat kuni haqida eslashmoqda.
Butun dunyo musulmonlari e’tiqoddan xotirjamlik va sokinlik topishga harakat qilishmoqda, Muhammad payg‘ambarning zilzilalar va jannat bog‘i haqidagi so‘zlarini eslashmoqda.
O‘z navbatida Rossiya, ofatdan jabrlanganlarni qutqarish, vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.