Rossiya harbiylari Suriyada zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashishmoqda – video

Suriyaning Halab, Latakiya, Xama va Tartus viloyatlari kuchli zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari guruhi harbiylari Suriyada zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Rossiya harbiylari kuchli zilziladan zarar ko‘rgan Latakiyada vayronalarni tozalash, bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlarini olib borishmoqda.
Suriyaning eng katta vayronagarchilikka uchragan hududlarda zilzila oqibatlarini bartaraf etishga 300 dan ortiq harbiy xizmatchi, 60 ta harbiy va maxsus texnika jalb etilgan.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriyadagi Rossiya qo‘shinlari guruhi qo‘mondoniga Suriya hududida sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatishni topshirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 6-fevral kuni Suriyaning Halab, Latakiya, Xama va Tartus viloyatlari kuchli zilziladan jiddiy zarar ko‘rdi. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 812 nafarga yetgan, 1400 mingdan ziyod kishi jarohatlangan.