O‘zbekistonlik kurashchilar Zagrebda ikkita medalga sazovor bo‘lishdi

Musobaqa 1-5 fevral kunlari Xorvatiya poytaxtida bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar sport kurashlari bo‘yicha “Zagreb Open” xalqaro musobaqasida ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa 1-5 fevral kunlari Xorvatiya poytaxtida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha bahslarda ishtirok etishdi.
Janglar yakuniga ko‘ra, kurashchilar 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. 55 kilogrammgacha vaznda qatnashgan Ixtiyor Botirov shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Jamol Jumaboyev 72 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda kuchli uchlikdan joy oldi.