O‘zbekistonlik kurashchilar Zagrebda ikkita medalga sazovor bo‘lishdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaPredstaviteli sbornoy Uzbekistana po sportivnoy borbe zavoyevali dve medali v Zagrebe.
Predstaviteli sbornoy Uzbekistana po sportivnoy borbe zavoyevali dve medali v Zagrebe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqa 1-5 fevral kunlari Xorvatiya poytaxtida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar sport kurashlari bo‘yicha “Zagreb Open” xalqaro musobaqasida ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa 1-5 fevral kunlari Xorvatiya poytaxtida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha bahslarda ishtirok etishdi.
Janglar yakuniga ko‘ra, kurashchilar 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. 55 kilogrammgacha vaznda qatnashgan Ixtiyor Botirov shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Jamol Jumaboyev 72 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda kuchli uchlikdan joy oldi.
Yangiliklar lentasi
0