Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Artomovsk yaqinida Ukraina qo‘shinlari katta yo‘qotishlarga uchragani aytildi

Ukraina qo‘shinlari rus qo‘shinlari soni va quroli bo‘yicha ulardan oldinda ekanligidan shikoyat qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Amerikaning “New York Times” gazetasi Donbassdagi Ukraina qo‘shinlarining to‘ldirilgan morglari va og‘ir yo‘qotishlari, shuningdek, harbiylarning qurol va o‘q-dorilar yetishmasligi bo‘yicha shikoyatlari haqida yozdi.
Qayd etilishicha, Kiyev nazorati ostidagi hududdagi front gospitallaridan birida morg ukrainalik askarlarning jasadlari bilan to‘ldirilgan, boshqa gospitalda yaradorlar bo‘lgan zambillar hatto yo‘laklarda ham turgan.
“Fuqarolik hayotida siz bilasizki, smenangiz qanchalik dahshatli bo‘lmasin, u ertami-kechmi tugaydi. Bu yerda qachon tugashini hech qachon bilib bo‘lmaydi”, - deydi gospitalning harbiy jarrohi Miroslav Dubenko.
Ukraina qo‘shinlari, shuningdek, rus qo‘shinlari soni va quroli bo‘yicha ulardan oldinda ekanligidan shikoyat qilmoqda.
“Deyarli 12 oy davom etgan shiddatli janglardan charchagan Ukraina qo‘shinlari... ularda tanklar va artilleriya qurollari borligini aytishmoqda, lekin ular ham, boshqasi ham yetarli emas, o‘q-dorilar esa dushmannikidan ancha kam”, - deb yozadi gazeta.
Nashr Artomovsk yaqinida yaralangan Pavel ismli ukrainalik harbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi:
“Sizda 50 nafar, ularda 300 nafar yigit bo‘lsa, bu ayniqsa qiyin”.
Ta’kidlanishicha, bu hududda Ukraina kuchlarining yo‘qotishlari katta bo‘lgan.
Shoygu Kiyev yanvar oyida qancha yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qildi
2022 yil 24-fevralidan buyon Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.