TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf bugun, 5-fevral kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Dubaydagi shifoxonada 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Geo News” sobiq prezident oilasi vakillariga tayanib xabar bergan.
Musharraf amiloidoz (organizmda moddalar almashinuvi buzilishi) xastaligidan aziyat chekayotgan bo‘lgan.
Parvez Musharraf 1943-yilning 11-avgustida o‘sha paytda Britaniya mustamlakalarining bir qismi bo‘lgan Dehli shahrida tug‘ilgan. Pokiston ajralib chiqqanidan keyin uning oilasi Karachi shahriga ko‘chib o‘tgan. 1991-yilda u general unvoniga ega bo‘lgan, 1998-yilda esa Bosh shtab boshlig‘i, so‘ngra Pokiston shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi va Pokiston armiyasining bosh qo‘mondoni bo‘lgan. Musharraf 2001-yildan 2008-yilgacha Pokiston prezidenti bo‘lgan.
Pokistonda unga vatanga xiyonat ayblovi bilan, o‘lim jazosi xavf solayotgandi. Shunga qaramay unga davolanish uchun chet elga chiqishga ruxsat berilgan.