Bo‘kada mikro gidroelektrostansiya quriladi

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev loyiha bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida mikro gidroelektrostansiya quriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kichik gidroelektrostansiya Bo‘ka tumani “Jag‘abayli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilishi rejalashtirilmoqda.
“Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev loyiha bilan tanishdi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur mikro gidroelektrostansiya qurilishi mo‘ljallangan hududdan 2 ta kanal o‘tgan. Olinishi ko‘zda tutilayotgan qo‘shimcha 100 kVt elektr energiyasi olti yuzga yaqin xonadonni uzluksiz elektr bilan ta’minlaydi.
Taqdimotda aholiga qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida bu kabi loyihalarni elektr energiya quvvati past bo‘lgan olis hududlarda ham joriy etish lozimligi ta’kidlangan.
Viloyat hokimi mazkur loyiha bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar, eng birinchi qadamlar nimalardan iborat bo‘lishi lozimligi yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini aytgan. Tuman hokimi va mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar bergan.