Rossiya Yevropani Qur’onni yoqib yuborganlarni jazolashga chaqirmoqda

Valentina Matviyenko: Biz, ayniqsa, Yevropa davlatlari hukumatlari va parlamentlari ekstremistlarning harakatlariga adekvat javob bermayotganidan g‘azabdamiz.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya Federatsiya kengashi Yevropa parlamentariylarini Niderlandiya va Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilgani kabi diniy yodgorliklarni tahqirlashda aybdorlarni oshkora qoralash va jazolashga chaqiradi. Bu haqda kengash raisi Valentina Matviyenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Rossiyalik senatorlar yevropalik parlamentariylarni radikal ekstremistlarning harakatlarini diniy murosasizlikning ko‘rinishi sifatida ochiq qoralashga va musulmonlar va boshqa din vakillarining e’tiqod erkinligi huquqini himoya qilish choralarini ko‘rishga, shuningdek, provokatsiyalar uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirmoqda", - deb yozdi u.
Matviyenko alohida ta’kidlaganidek, "ayniqsa Yevropa davlatlari hukumatlari va parlamentlari ekstremistlarning harakatlariga adekvat javob bermayotgani g‘azablantiradi".
“Qur’onning tahqirlanishi nafaqat musulmonlarni, balki Rossiyadagi barcha konfessiya vakillarini ham larzaga solmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Matviyenko.
Eslatib o‘tamiz, radikal siyosatchi Rasmus Paludan bir necha bor Qur’on kitobini yoqib yubordi. U bu ishni Daniya va Shvetsiyada amalga oshirgan.
Xuddi shunday aksiya Rossiyaning Kopengagendagi elchixonasi konsullik bo‘limida ham bo‘lib o‘tdi. Rossiya diplomatik missiyasi bunday harakatlarni qoraladi.
Avvalroq Federatsiya Kengashi spikeri tegishli qo‘mitalarga Qur’onning Shvetsiyadan yoqib yuborilishini qoralovchi taklif tayyorlashni topshirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar kufr, jinoyat va milliy adovatni qo‘zg‘atishdir.