TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan fransuz aktori Jerar Depardye Ukrainadagi voqealar uning Rossiyaga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmaganini aytdi.
"Men hali ham rusman. Men rus madaniyatini yaxshi ko‘raman. Agar men biron bir mamlakatni yaxshi ko‘rsam, unda har doim uning madaniyati uchun. Ammo men ushbu mavzu bo‘yicha suhbatlardan qochishni afzal ko‘raman, hech kim bu borada haqiqatan ham oqilona narsa deya olmaydi", deydi u Augsburger Allgemeine gazetasiga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u "odamlar siyosat va aktorlikni aralashtirishi umuman yoqmaydi", deya qo‘shimcha qildi.