TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkentda 35 ta "gaz-zapravkalar" faoliyati qayta tiklandi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Poytaxtda faoliyat ko‘rsatuvchi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.
Unga ko‘ra, bugun poytaxtdagi 35 ta shoxobcha faoliyati qayta tiklandi. Ular faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.
AGTKSh ro‘yxati
© “Hududgaz Poytaxt”
Qator shoxobchalar o‘z ishini soat 07:00 dan 17:00 ga qadar olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi ma’lum qilingan edi. AGTKShlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.