Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Ugledarni yarim halqa ichiga oldi - Kimakovskiy

Qayd etilishicha, shaharni qo‘lga olish Artomovskdagi kabi sxema bo‘yicha davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya harbiylari Ugledarni yarim halqa ichiga oldi, shaharni ozod qilish Artomovsk bilan o‘xshash tarzda davom etmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilinning maslahatchisi Igor Kimakovskiy ma’lum qildi.
“Ugledarda shaharni asta-sekin halqa ichiga olish ketmoqda. U allaqachon sharq va janubi-sharqdan yarim halqa ichida joylashgan. Shaharni qo‘lga olish Artomovskdagi kabi sxema bo‘yicha davom etmoqda”, - dedi u.
Kimakovskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari shaharga qo‘shimcha kuchlar va o‘q-dorilarni olib kelishda qiynalmoqda, chunki rossiyalik harbiylar Krasnoarmeyskdan Ugledargacha bo‘lgan yo‘lni olovli nazoratga olgan.
DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin avvalroq rus harbiylari Ugledarning sharqiy qismida oldinga siljiyotganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari shaharda mustahkam o‘rnashib olgan va hozircha chekinish niyatida emas.
Rossiya qo‘shinlari Artyomovskni operativ qurshovga olishdi
Rossiya 2022-yil 24-fevralidan beri Ukrainada maxsus harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.