Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Aerokosmik kuchlari Ukrainaning MiG-29 samolyotini yo‘q qildi

Qayd etilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada DXR, LXR, Xarkov va Xerson viloyatlarida Ukrainaning 7 ta dronini urib tushirgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi aviatsiyasi Xerson viloyatida Ukrainaning MiG-29 samolyotini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi aviatsiyasi Xerson viloyati Chervonoarmeyskoe aholi punkti yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada DXR, LXR, Xarkov va Xerson viloyatlarida Ukrainaning 7 ta dronini urib tushirgan.
Maxsus operatsiya boshlanganidan beri 382 ta Ukraina harbiy samolyoti, 206 ta vertolot, 3008 ta dron, 403 ta zenit-raketa tizimlari, 7723 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar va boshqalar yo‘q qilingan.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.