TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Sputnik jurnalisti Marat Kasemning qamoqxonada saqlash sharoitlari Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha konvensiyaga to‘g‘ri keladi. Bu haqida uning advokati ma’lum qildi.
Kasem 30-yanvar kuni hech qanday sababsiz mahkumlar korpusiga o‘tkazildi va bir kishilik kameraga joylashtirildi. Kameradagi antisanitariya holati va hasharotlar tufayli Kasemda allergiya paydo bo‘ldi.
Nafas olishda muammo bo‘lgani sababli u kamera derazasini ochib bosh va ustki kiyimda uxlashga majbur bo‘lmoqda. Bu sharoitlarda uning surunkali kasalliklari ham og‘irlashdi. Podagra kasalligi oqibatida oyoq barmoqlari ishlamay qoldi. Qamoqxona ma’muriyati uning shikoyatlariga quloq solishmayapti.
Advokatga faqat uchinchi kuni qo‘ng‘iroq qilishga ruxsat berildi, lekin qonunga ko‘ra u kunning istalgan vaqtida qo‘ng‘iroq qilishga haqli. Qamoqxona shifokori Kasemning shikoyatlari va tashxisini e’tiborsiz qoldirib, unga oddiy allergiyaga qarshi tabletkalarini berdi.
Advokatning aytishicha, Maratning sog‘lig‘i og‘ir ahvolda.
Marat Kasemning advokati ushbu og‘ir sharoitlar ayblanuvchidan kerakli ko‘rsatmalarni majburan olish uchun ataylab uyushtirilmoqda deb hisoblaydi. Ayni damda o‘z himoyasi ostida bo‘lgan jurnalistni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilmoqda.
Sputnik jurnalisti, Latviya fuqarosi Marat Kasem 5-yanvar kuni Rigada hibsga olingan edi. Uni YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini buzish va shpionlik qilishda ayblashmoqda. Ushbu ayblovlar uni 20-yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilish huquqini beradi. Marat Kasem bir necha yildan beri Moskvada yashaydi va "Rossiya Segodnya" mediaguruhida ishlaydi. U 30-yanvar kuni oila a’zolarini ko‘rish uchun Latviyaga kelgan edi.