TOShKENT, 2 fev — Sputnik. "Uzbekistan Airways" Toshkentdan Rossiyaning Omsk va Nijniy Novgorod shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi va “Sharqiy” xabni rivojlantiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aviakompaniya bahor-yoz navigatsiyasidan boshlab Toshkentdan Rossiyaning ikkita shahriga yangi yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar sonini oshirmoqda.
Parvozlar jadvali:
“Toshkent-Omsk-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 26-martdan haftasiga bir marta, yakshanba kunlari;
“Toshkent-Nijniy Novgorod-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 28-martdan haftasiga ikki marta, seshanba va shanba kunlari.
Shuningdek, aviakompaniyaning “Sharqiy” xabni rivojlantirish loyihasi doirasida aviaqatnovlar soni Namangandan ham ko‘paytirilmoqda.
Parvozlar jadvali:
“Namangan-Orenburg-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 27-martidan boshlab tiklanadi. Muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar haftada bir marta dushanba kunlari amalga oshiriladi;
“Namangan-Nijnevartovsk-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha yangi yo‘nalish 31-martdan boshlab haftada bir marta, juma kunlari yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent va Namangandan parvoz qiluvchi barcha aviaqatnovlar aviakompaniyaning kam budjetli yo‘lovchi aviatashuvchisi hisoblangan – "Uzbekistan Airways Express" brendi ostida amalga oshiriladi.