O‘zbekistonda metan "zapravka"lar qachon ishga tushishi ma’lum qilindi

Taxminan 2-3 kunda respublikadagi barcha metan shoxobchalar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda metan "zapravka"lar bosqichma-bosqich ishga tushadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Aytilishicha, 30-yanvardan boshlab ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklandi.
Metan "zapravka"lar hozircha ma’lum grafik asosida ishlab turadi.

Gaz bosimi meyoriga kelishiga qarab (taxminan 2-3 kunda) respublikadagi barcha shoxobchalar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 12-yanvar kuni O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
“O‘ztransgaz” 19-yanvar kuni shoxobchalar ob-havo harorati ko‘tarilganidan so‘ng ishlay boshlashini ma’lum qilingan. Viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda ayrim AGTKSh kunning ma’lum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha xizmat ko‘rsatgan.