Britaniyalik olimlar xulosasiga ko‘ra, atigi olti daqiqalik jismoniy mashqlar miya faoliyatini yaxshilay oladi va kognitiv jarayonlarga (idrok qilish, e’tibor, xotira, fikrlash) ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aniqlanishicha, jismoniy mashqlar miyaga qon oqimini ko‘paytiradi va kislorod darajasini oshiradi. Bu esa aqliy faoliyatga yaxshi samara beradi.
Tadqiqot jismoniy mashqlar o‘rniga uxlashni afzal biladigan insonlarda kognitiv funksiyalar 1-2 foizga sustlashgani kuzatilganini ko‘rsatgan.