TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Nukus shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Erta tongga kelib vayronalar ostidan yana 4 nafar fuqaroning jasadi topilib, jami halok bo‘lganlar 5 nafar bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, voqea joyida favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning to‘rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani xabar qilingan edi. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloqni chiqarib olishgan edi. Shuningdek, bino konstruksiyalari orasidan bir fuqaroning jasadi topilgan edi.