Bu qiziq

Ko‘p shakar iste’mol qilish depressiyaga olib kelishi mumkin

Shifokor shakar va tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish depressiyaga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi
Sputnik
Parhezshunos shifokor Mixail Ginzburgning aytishicha, neyroyallig‘lanish bezovtalanish bilan birga tushkunlikning sababi hisoblanadi. Bu yallig‘lanishni bir qancha mahsulotlar keltirib chiqarishi mumkin.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, shakar va tarkibida shakar bo‘lgan, shuningdek, yuqori glikemik indeksli mahsulotlar, non, kartoshka va guruch neyroyallig‘lanish keltirib chiqaradi.
Qolaversa, shifokor transog‘larni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi. Chunki ular bosh miya tomirlari salomatligiga salbiy ta’sir qilib, natijada tushkunlikka sabab bo‘lishi mumkin.